“Volontyor-qutqaruvchi” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi
2026-10-02 16:20:00 / Yangiliklar

Musobaqada ishtirokchilar favqulodda vaziyatlarda harakat qilish, birinchi yordam ko‘rsatish, jismoniy tayyorgarlik va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.
Jumladan, ishtirokchilar savol-javob, birinchi yordam ko‘rsatish, dor yo‘lidan o‘tish, va chodir tiklash, yong‘in o‘chirish estafetasi hamda krossfit shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Musobaqa davomida yosh volontyorlarning tezkor fikrlashi, jamoaviy hamkorligi, jismoniy tayyorgarligi va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri hamda tezkor harakat qilish ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida volontyorlik harakatini yanada rivojlantirish, ularni favqulodda vaziyatlarning oldini olish va sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash hamda qutqaruv ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada ishtirokchilar o‘z bilim, ko‘nikma va chaqqonliklarini namoyish etib, qizg‘in va murosasiz bellashdilar.
Musobaqa yakuniga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Quva tumani jamoasi
🥈 2-o‘rin — Bag'dod tumani jamoasi
🥉 3-o‘rin — Beshariq tumani jamoasi
Shuningdek, musobaqada faol ishtirok etgan yoshlar “Eng faol qiz bola” va “Eng faol o‘g‘il bola” hamda “Eng bilimdon jamoa” nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlandilar.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlariga diplomlar hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.









