📚 “Eng yaxshi kitobxon oila” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi
2026-09-26 14:45:00 / Yangiliklar

📚 “Eng yaxshi kitobxon oila” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi
Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va xizmatchilarning oila a’zolari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa orqali ma’naviy dunyoqarashni kengaytirish, oilalarda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda kitobxonlik muhitini shakllantirish maqsadida “Eng yaxshi kitobxon oila” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda ishtirok etgan oilalar o‘zlarining kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi, badiiy asarlar va adabiyotga oid bilimlari, mutolaa madaniyati, ijodiy fikrlashi hamda oilaviy kitobxonlik an’analarini namoyon etdilar.
Bellashuv davomida ishtirokchilar turli shartlar asosida sinovdan o‘tkazilib, sevimli asarlar, adabiy qahramonlar va mutolaa taassurotlari yuzasidan o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etdilar. Ayniqsa, oila a’zolarining birgalikda kitob mutolaa qilishi, farzandlarda kitobxonlikka mehr uyg‘otish borasidagi tajribalari e’tiborga molik bo‘ldi.
Tanlov yakunida faol ishtirok etgan oilalar munosib rag‘batlantirilib, g‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.









