Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida o‘quv-seminar o‘tkazildi
2026-09-24 15:10:00 / Yangiliklar

Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida o‘quv-seminar o‘tkazildi
Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida boshqarma shaxsiy tarkibi ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish, xizmat intizomiga qat’iy rioya etish, turli huquqbuzarliklarning oldini olish hamda xizmat vazifalarini mas’uliyat va vijdonan bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, terrorizm va ekstremizmning har qanday ko‘rinishlariga qarshi kurashish, yot va buzg‘unchi g‘oyalarning ta’siriga tushib qolmaslik, noqonuniy guruh va oqimlarga qo‘shilmaslik, ijtimoiy tarmoqlarda shubhali va ekstremistik mazmundagi sahifalar, kanallar hamda materiallarni kuzatmaslik va tarqatmaslik yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida har bir xodimdan qonunchilik talablariga, xizmat intizomi va odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qilishi, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarishi, davlat va xizmat manfaatlarini ustuvor qo‘yishi lozimligi ta’kidlandi.









