Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi va Maxsus qutqaruv otryadi tomonidan 20 nafar shahar va tuman volontyor-qutqaruvchilar sardor (kordinotor) lari bilan o‘quv dasturi asosida o‘quv yig‘ini o‘tkazildi.
2026-09-08 12:50:00 / Yangiliklar
Farg'ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Farg'ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi va Maxsus qutqaruv otryadi tomonidan 20 nafar shahar va tuman volontyor-qutqaruvchilar sardor (kordinotor) lari bilan o‘quv dasturi asosida o‘quv yig‘ini o‘tkazildi. O‘quv yig‘ini yakuni bo‘yicha fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, har xil turdagi to‘siqlardan arqon yordamida o‘tish, maxsus texnikalar va qutqaruv asbob anjomlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rgatilib, amaliy va nazariy sinovlar qabul qilindi.Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasining mahalliy Yoshlar ishlari bo‘linmalari tomonidan Nizom talablari asosida saralanib, jami 20 nafar volontyor-qutqaruvchilarning barchasi attestatsiyadan o‘tdi.









