Rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
2026-09-03 12:20:00 / Yangiliklar

Rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
Yozyovon tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan tumandagi 40-sonli umumta’lim maktabida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida maktab o‘quvchilari va volontyor qutqaruvchilar bilan samimiy davra suhbati o‘tkazilib, yoshlarning ta’lim olishi, kelajakdagi kasbiy rejalari hamda qiziqishlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, o‘quvchilarning qutqaruvchilik kasbiga bo‘lgan qiziqishlari o‘rganilib, ularga Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xizmat qilish, qutqaruvchi kasbining sharafli va mas’uliyatli jihatlari haqida tushunchalar berildi.
Tadbir yakunida yoshlarni vatanparvarlik, jasorat va fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalash, ularning qobiliyat va iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.








