Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni
2026-08-06 13:50:00 / Yangiliklar

Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni
Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida Farg‘ona harbiy prokuraturasi hamda Farg‘ona viloyati prokuraturasining mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida suvda cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda ushbu holatlar yuzasidan kiritilgan taqdimnoma atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida bunday noxush hodisalarning oldini olish bo‘yicha mas’ul xodimlarga aniq vazifalar va tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shu bilan birga, Farg‘ona harbiy prokuraturasi tomonidan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan kiritilgan taqdimnoma ham ko‘rib chiqildi. Muhokama davomida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish hamda nazorat tadbirlarini amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Yig‘ilish yakunida boshqarma boshlig’i polkovnik G’. Alaviddinov tomonidan taqdimnomalarda ko‘rsatilgan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish hamda qonuniylikni ta’minlash yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.








