“Jasorat maktabi”ga saralash sinovlari shaffof tarzda o‘tkazildi.
2026-08-05 13:45:00 / Yangiliklar

Toshloq tumanida “Jasorat maktabi”ga saralash sinovlari shaffof tarzda o‘tkazildi.
Farg'ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga biriktirilgan Toshloq tumanidagi “Jasorat maktabi” jasorat sinfiga qabulning ikkinchi bosqichi — amaliy jismoniy tayyorgarlik sinovlari tuman markaziy o‘yingohida bo‘lib o‘tdi. Saralash sinovlarini Toshloq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Abdumajid Soliyev ochib berib, nomzodlarga omad va muvaffaqiyat tiladi.
Nomzodlarning jismoniy tayyorgarligi belgilangan mezonlar asosida mustaqil hakamlar hay’ati tomonidan xolisona baholandi. Har bir ishtirokchining natijalari ochiqlik va adolat tamoyillari asosida qayd etildi.
Jarayonning shaffofligini ta’minlash maqsadida ota-onalar saralash sinovlarini bevosita kuzatib bordilar. Ishtirokchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilib, sinovlar yuqori saviyada tashkil etildi.
🇺🇿 “Jasorat maktabi” yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash hamda kelajakda harbiy va huquqni muhofaza qiluvchi sohalar uchun munosib kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.









