Farg‘ona viloyatida Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi uchun biriktirilgan va mahalla yoshlari oʻrtasida “Jasorat va matonat” sport musobaqalarining viloyat bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.
2026-07-30 16:35:00 / Yangiliklar

Farg‘ona viloyatida Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi uchun biriktirilgan va mahalla yoshlari oʻrtasida “Jasorat va matonat” sport musobaqalarining viloyat bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi. Musobaqalarda viloyatning shahar va tumanlaridan saralash bosqichlarida g‘olib bo‘lgan jamoalar ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, bilim va mahoratini namoyish etdilar. “Jasorat va matonat” sport musobaqalarining viloyat bosqichida shahar va tumanlaridan saralash bosqichlarida g‘olib bo‘lgan jamoalar ishtirok etib, shaxmat, ijodiy taqdimot, estafeta, birinchi tibbiy yordam, voleybol, arqon tortish, chodir tiklash shartlari bo'yicha o'zaro bellashib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, bilim va mahoratini namoyish etdilar.
Qizg'in va murosasiz kechgan musobaqa yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rinni — Beshariq tumani yoshlari;
🥈 2-o‘rinni — Quvasoy shahar yoshlari;
🥉 3-o‘rinni — Quva tumani yoshlari egalladi.
G‘olib va sovrindorlar medal, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.









