Huquqbuzarliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
2026-07-21 16:15:00 / Yangiliklar

Huquqbuzarliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi majlislar zalida huquqbuzarliklarning oldini olish, xizmat intizomini mustahkamlash hamda qonunchilik talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i rahbarligida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi, Farg‘ona harbiy prokuraturasi mas’ul xodimi, adliya podpolkovnigi N. G‘ofurov ishtirok etdi. Shuningdek, viloyatdagi barcha shahar va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari shaxsiy tarkibi Zoom platformasi orqali onlayn tarzda qatnashdi.
Tadbir davomida adliya podpolkovnigi N. G‘ofurov tomonidan amaldagi qonunchilik talablari, xizmat faoliyatida qat’iy rioya etilishi lozim bo‘lgan tartib-intizom qoidalari, mansabdor shaxslarning mas’uliyati, korrupsiyaga qarshi kurashish, yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Yig‘ilish yakunida o‘tgan davr mobaynida yo‘l qo‘yilgan kamchilik va qonunbuzilish holatlari tanqidiy muhokama qilinib, ularning kelib chiqish sabablari tahlil etildi. Shuningdek, mavsum davomida profilaktik tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, xizmat intizomini mustahkamlash, qonunchilik talablariga og‘ishmay amal qilish va har bir xodimning shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish yuzasidan aniq vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.
Ta’kidlanganidek, bunday profilaktik tadbirlar shaxsiy tarkibning huquqiy madaniyati va mas’uliyatini yuksaltirish, xizmat faoliyati samaradorligini oshirish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.






