Farg'ona viloyati FVB va barcha shahar-tuman FVBlari shaxsiy tarkibi uchun zoom orqali huquqbuzarliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
2026-07-16 15:50:00 / Yangiliklar

Farg'ona viloyati FVB va barcha shahar-tuman FVBlari shaxsiy tarkibi uchun zoom orqali huquqbuzarliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida "Qasddan badanga shikast yetkazish — shaxsga qarshi jinoyatlar" mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida mazkur turdagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularning huquqiy oqibatlari hamda amaldagi qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, shaxsiy tarkib o‘rtasida qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash, xizmat intizomini oshirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar va tushuntirish ishlari olib borildi.
Bunday profilaktik tadbirlar shaxsiy tarkibning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, xizmat faoliyatida qonuniylik hamda intizomni mustahkamlashga xizmat qiladi.




