"DOLZARB 60 KUN" DOIRASIDA "KIMYOGAR" BOLALAR SOG‘LOMLASHTIRISH OROMGOHIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGIGA BAG‘ISHLANGAN PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI
2026-07-13 19:10:00 / Yangiliklar
"KIMYOGAR" BOLALAR SOG‘LOMLASHTIRISH OROMGOHIDA PROFILAKTIK TADBIR

DOLZARB 60 KUN" DOIRASIDA "KIMYOGAR" BOLALAR SOG‘LOMLASHTIRISH OROMGOHIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGIGA BAG‘ISHLANGAN PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI
Yurtimiz bo‘ylab yoz mavsumida yong‘inlar va favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi, ayniqsa yosh avlod o‘rtasida yong‘in xavfsizligi madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan “Dolzarb 60 kun” profilaktik tadbirlari izchil davom etmoqda.
Mazkur tadbirlar doirasida "Farg'onaazot" AJ tasarrufidagi “Kimyogar” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yong‘in va texnogen xavflarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda bolalarning hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi.








