“Jasorat va matonat” musobaqasining Marg'ilon shahar bosqichi o‘tkazildi
2026-07-01 21:25:00 / Yangiliklar
"Yoshlar oyligi" hamda “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga biriktirilgan yoshlar va mahalla yoshlari o‘rtasida Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi uchun “Jasorat va matonat” sport va ko‘rik-tanlovlarining Marg'ilon shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa ishtirokchilari estafeta, birinchi tibbiy yordam, voleybol, shaxmat hamda ijodiy taqdimot yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Yakunda eng chaqqon hamda faol jamoalar munosib taqdirlandi.
Musobaqada "Yov qochar" mahallasining jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.