SALOMATLIK — XIZMAT SAMARADORLIGINING MUHIM OMILI
2026-11-13 09:00:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida navbatdagi “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik soati” Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi ostida Davlat bayrogʻiga ehtirom bilan boshlandi.

Tadbir doirasida boshqarma shaxsiy tarkibi hamda ZOOM platformasi orqali hududiy boʻlimlar xodimlari ishtirokida “Tibbiy madaniyatni oshirish” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda boshqarma Tibbiyot xizmati boshlig‘i ma’ruza qilib, tibbiy madaniyatning inson hayotidagi o‘rni, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, kasalliklarning oldini olish, zarali odatlardan voz kechish, shuningdek, xizmat faoliyati davomida salomatlikni asrash masalalariga to‘xtaldi. Tadbir davomida shaxsiy tarkibga tibbiy bilimlarni oshirish va kundalik hayotda sog‘lom turmush tamoyillariga rioya etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, boshqarma rahbariyati tomonidan kuz-qish mavsumini betalofat otkazish yuzasidan vazifalar belgilandi.








