QURILISH OBYEKTLARIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
2026-11-13 10:20:00 / Yangiliklar
Kogon tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamda viloyat Qurilish boshqarmasi mutaxassislari hamkorligida qurilish obyektlarida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi yuzasidan profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida qurilish maydonlaridagi yong‘in xavfsizligi holati, elektr jihozlari va tarmoqlaridan foydalanish, payvandlash hamda boshqa yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan ishlarni amalga oshirishda belgilangan talablarga amal qilinishi o‘rganildi.
Shuningdek, mas’ul xodimlarga yong‘inlarning oldini olish, dastlabki yong‘in o‘chirish vositalarining sozligi va mavjudligi, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berildi.



