OILA MUSTAHKAM BO‘LSA — XIZMATDA HAMJIHATLIK VA FIDOYILIK BO‘LADI
2026-11-10 12:15:00 / Yangiliklar
Xodimlarning xizmat faoliyatidagi samaradorligi, avvalo, oilasidagi tinchlik-osoyishtalik va sog‘lom ruhiy muhit bilan chambarchas bog‘liq.

Shu maqsadda Buxoro viloyati FVB psixologlari ishtirokida Romitan tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlarining oila a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, o‘zaro hurmat va ishonchni oshirish, stressli vaziyatlarni to‘g‘ri boshqarish hamda sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ishtirokchilar bilan amaliy psixologik treninglar o‘tkazilib, samimiy muloqot va fikr almashish uchun imkoniyat yaratildi.






