JANGOVAR SHAYLIK VA XIZMAT SHAROITLARI O‘RGANILDI
2026-11-10 17:10:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan Buxoro shahridagi 2-qutqaruv qismida xizmat faoliyati, jangovar shaylik holati hamda shaxsiy tarkib uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida qutqaruv qismining favqulodda vaziyatlarga tezkor javob qaytarishga tayyorgarligi, qutqaruv texnikalari va asbob-anjomlarining shayligi, hujjatlarning belgilangan tartibda yuritilishi hamda xizmat xonalarida yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berilib, qutqaruvchilarning doimiy jangovar shayligini ta’minlash, xizmat intizomi va tayyorgarlik darajasini yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi.









