XAVFSIZLIK — HAR BIR XODIMNING MAS’ULIYATI!
2026-11-11 10:00:00 / Yangiliklar
“Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi oyligi” doirasida Buxoro viloyati FVB BNQIZ OFVB tomonidan Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga qarashli “Yoshlar” mehmonxonasi ishchi-xodimlari ishtirokida profilaktik targ‘ibot tadbiri hamda o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Tadbir davomida is gazidan zaharlanishning oldini olish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘in kelib chiqish sabablari, zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish qoidalari yuzasidan nazariy tushunchalar berildi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda xodimlarni xavfsiz hududga olib chiqish bo‘yicha amaliy evakuatsiya mashqi o‘tkazilib, qutqaruv va yong‘in xavfsizligi asbob-anjomlari namoyish etildi.
Bunday tadbirlar xodimlarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, inson hayoti va salomatligini muhofaza qilishga xizmat qiladi.









