XAVFSIZLIK — HAR BIR XONADONDAN BOSHLANADI
2026-11-12 14:00:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari tomonidan tegishli xizmatlar vakillari bilan hamkorlikda Qorako‘l tumani Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inidagi aholi xonadonlarining xavfsizlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida xonadonlarda yong‘in va is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish, gaz va elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish, isitish tizimlari hamda mo‘rilarning sozligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, aholi bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.









