"RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI"
2026-11-12 12:10:00 / Yangiliklar
Buxoro Davlat Texnika Universitetida Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi, FVB faxriylari hamda Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi mas’ullari ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Tadbirda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatiga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, kuz-qish mavsumida talabalar yotoqxonalarida xavfsizlikni ta'minlash borasida zarur tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida yoshlarni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan tegishli javoblar berildi.









