Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligida Buxoro viloyatida joylashgan tibbiyot maskanida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
2026-10-31 10:30:00 / Yangiliklar
Mashq davomida favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda tezkor harakat qilish, jabrlanganlarni qutqarish va ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, FVDT xizmatlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlash bo‘yicha amaliy harakatlar sinovdan o‘tkazildi.

Shuningdek, jalb etilgan kuch va vositalarning shayligi, xizmatlar o‘rtasidagi muvofiqlashtirilgan harakatlar hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish imkoniyatlari baholandi.








