zilzila oqibatida jabrlangan aholini qabul qilish va ularga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
2026-10-30 15:15:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyatida 28–30-oktabr kunlari o‘tkazilayotgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari doirasida zilzila oqibatida jabrlangan aholini qabul qilish va ularga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

Shartli jabrlanganlar dala sharoitida tashkil etilgan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish otryadining chodirli shaharchasiga olib kelinib, ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi. Mashg‘ulot davomida tibbiy xizmatlarning tezkorligi, jabrlanganlarni qabul qilish va ularga yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.









