Buxoro davlat universitetida “Fuqaro muhofazasi kunlari” tashkil etildi.
2026-10-29 11:00:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari doirasida Buxoro davlat universitetida “Fuqaro muhofazasi kunlari” tashkil etildi.

Tadbir davomida zilzila sodir bo‘lganda professor-o‘qituvchilar va talabalarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, shuningdek, qutqaruv ishlarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy mashqlar o‘tkazildi. FVV mas’ullari tomonidan ishtirokchilarga zilzilaga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish hamda shaxsiy xavfsizlik qoidalariga rioya etishning muhim jihatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.









