Buxoro viloyati bojxona boshqarmasida “Zilzila haftaligi” doirasida targ‘ibot va o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
2026-10-24 14:00:00 / Yangiliklar
Tadbirda Buxoro viloyati favqulotda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etib, bojxona xodimlariga zilzila sodir bo‘lganda amal qilinishi lozim bo‘lgan xavfsizlik qoidalari, bino ichida va ochiq hududda to‘g‘ri harakatlanish, xavfsiz joyni tanlash hamda evakuatsiya tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, zilziladan jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, favqulodda vaziyatlarda yo‘l qo‘yiladigan xatolarning oldini olish va qutqaruv xizmatlari ko‘rsatmalariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mavzuga oid videomateriallar namoyish etilib, ishtirokchilarning zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borildi.
Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlarda qo‘llaniladigan qutqaruv asbob-uskunalari va maxsus jihozlar ham namoyish etilib, ularning vazifasi hamda foydalanish tartibi haqida ma’lumot berildi. Videokonferensaloqa orqali bojxona postlari xodimlarining ham ishtiroki ta’minlandi.








