XIZMAT INTIZOMI VA JANGOVAR TAYYORGARLIK — E’TIBOR MARKAZIDA
2026-10-19 11:00:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Kogon tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limida bo‘lib, bo‘limning xizmat faoliyati, xizmat intizomi hamda jangovar tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida xodimlarning xizmatni tashkil etishi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishga tayyorgarligi, shuningdek, mavjud moddiy-texnik bazaning holati ko‘zdan kechirildi.
Mas’ullarga xizmat intizomini yanada mustahkamlash, xodimlarning kasbiy va jangovar tayyorgarligini oshirish, favqulodda vaziyatlarga tezkor va samarali javob qaytarish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.



