Buxoro shahar FV binosida kitob yarmarkasi tashkil etildi.
2026-10-20 09:00:00 / Yangiliklar
Ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada boyitish, xodimlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etilgan yarmarkada boshqarma rahbariyati ham ishtirok etdi. Tadbir davomida turli yo‘nalishlardagi badiiy, ilmiy-ommabop va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar bilan tanishish imkoniyati yaratildi.

Kitob — insonning ma’naviy dunyoqarashini kengaytiradi, bilim va tafakkurini yuksaltiradi. Bugungi tezkor axborot davrida mutolaaga vaqt ajratish, ayniqsa, yosh avlodni kitobga oshno etish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, kitobxon jamiyat — ma’rifatli va yuksak salohiyatli jamiyatdir.








