🇺🇿 “Millat ona tili bilan tirikdir!”
2026-10-17 11:30:00 / Yangiliklar

Bellashuvda Buxoro viloyatidagi kuch tuzilmalarining harbiy xizmatchilari va xodimlari ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ishtirokchilar zukkolik, tezkor fikrlash va jamoaviy hamjihatlik borasida o‘zaro bellashdilar.
📚 Tadbir davomida ona tilimiz milliy o‘zligimiz va ma’naviyatimizning muhim timsoli ekanligi ta’kidlanib, davlat tiliga hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — 28803-harbiy qismning “Mudofaa strateglari” jamoasi;
🥈 2-o‘rin — Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining “Yosh qutqaruvchilar” jamoasi;
🥉 3-o‘rin — Favqulodda vaziyatlar markazining “Luok” jamoasi.
🎁 G‘olib va faol ishtirok etgan jamoalar Buxoro harbiy prokurorining diplomlari hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.









