Yoshlar bilan muloqot – kelajak sari muhim qadam!
2026-10-16 10:10:00 / Yangiliklar
G‘ijduvon tumani va Kogon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlarga favqulodda vaziyatlar sohasidagi kasblar, qutqaruvchilarning sharafli va mas’uliyatli faoliyati haqida ma’lumotlar berilib, ularning kelajakka bo‘lgan ishonchi va intilishlarini mustahkamlash yuzasidan samimiy suhbatlar o‘tkazildi.
Zero, har bir yoshning taqdiri va kelajagiga e’tibor – jamiyat taraqqiyotining muhim garovidir!





