HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI — DOLZARB VAZIFA
2026-10-15 10:10:00 / Yangiliklar
Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida firibgarlik, pora olish va pora berish jinoyatlarining oldini olishga qaratilgan seminar tashkil etildi.

Tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasining mas’ul xodimi ishtirok etib, mazkur jinoyatlar uchun belgilangan javobgarlik, ularning kelib chiqish sabablari hamda oldini olish choralari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, xodimlarga qonuniylikka rioya qilish, korrupsion holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish va xizmat vazifalarini halol bajarish muhimligi tushuntirildi.









