HAR BIR TAHLIL XIZMAT SAMARADORLIGINI OSHIRADI
2026-10-15 10:40:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan shahar va tumanlar Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari qism komandirlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Unda sodir bo‘lgan yong‘inlar va ularning kelib chiqish sabablari tahlil qilinib, bunday holatlarning oldini olish choralariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, shaxsiy tarkibning jangovar shayligini mustahkamlash, favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish hamda xizmat samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.









