OCHIQ ESHIKLAR KUNI: XAVFSIZLIK BO‘YICHA AMALIY KO‘NIKMALAR
2026-10-08 21:30:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ullari rahbarligida Buxoro shahridagi Markaziy dehqon bozorida yong‘inlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda kuch va vositalarning hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish hamda tezkor harakatlanish ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida tungi maxsus o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar davomida bozor hududida yong‘in sodir bo‘lishining oldini olish, shartli yong‘in o‘chog‘ini tezkor aniqlash va bartaraf etish, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining voqea joyiga yetib kelishi, maxsus texnikalardan samarali foydalanish hamda mas’ul xodimlarning o‘zaro hamkorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, bozor hududidagi savdo rastalari, omborxonalar va boshqa obyektlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, elektr simlarining sozligi, evakuatsiya yo‘laklarining ochiq saqlanishi hamda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarining shay holatda bo‘lishi muhimligi ta’kidlandi. Mazkur o‘quv mashqlarining asosiy maqsadi — insonlar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, bozor hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olish, moddiy boyliklarni asrash hamda favqulodda vaziyatlarda mas’ul xodimlarning tezkor va samarali harakat qilishga tayyorligini oshirishdan iborat.









