“VOLONTYOR-QUTQARUVCHI"lar o‘zaro bellashdi
2026-10-03 11:10:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyatida yoshlarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, tezkor qaror qabul qilish va jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish borasidagi bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan “Volontyor-qutqaruvchi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Bellashuvda shahar va tumanlardagi 13 ta volontyor jamoalari ishtirok etib, qutqaruvchilikka oid bilim va mahoratlarini namoyish etdilar.
Musobaqada nazariy bilimlar, birinchi tibbiy yordam, chodir tiklash, dor yo‘lidan o‘tish, estafeta va krossfit kabi shartlarda o‘zaro bellashdilar.
Murosasiz va qiziqarli kechgan bahslar yakunida:
🥇 1-o‘rin — Jondor tuman jamoasi
🥈 2-o‘rin — Qоrako`l tumani jamoasi
🥉 3-o‘rin — Romitan tumani jamoasi
G‘olib va sovrindorlar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.









