“Yosh kitobxon” tanlovi g‘olibi munosib e’tirof etildi
2026-10-05 10:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida o‘tkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan FVV Akademiyasi kursanti Ahadov Jon-Muhammad Komiljon o‘g‘lining yutug‘i uning tug‘ilib-o‘sgan Shofirkon tumanidagi “Shodlik” mahallasida ham munosib e’tirof etildi. G‘olibning komandiri va Shofirkon tumani FVB harbiy xizmatchilari mahalla raisi bilan birgalikda uning oila a’zolarini ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etdilar.

Uchrashuvda yosh harbiyning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi, bilim olishga intilishi hamda erishgan natijasida oilasi, ustozlari va komandirlarining qo‘llab-quvvatlashi muhim o‘rin tutgani ta’kidlandi. Kitobga mehr — bilim sari qadam, bilim esa ulkan yutuqlar poydevoridir!






