USTOZ VA MURABBIYLAR — YUKSAK EHTIROM SOHIBI
2026-09-30 09:30:00 / Yangiliklar

Tadbir avvalida Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.I. Ikramovning bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Unda yurtimizda o‘qituvchi va murabbiylarga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtirom, ularning yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashdagi beqiyos o‘rni alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, favqulodda vaziyatlar tizimida faoliyat yuritayotgan ustoz va murabbiylarning ko‘p yillik fidokorona mehnati, o‘z bilim va tajribalarini yosh avlodga yetkazish yo‘lidagi xizmatlari yuksak e’tirof etildi.
Tadbir davomida uzoq yillardan buyon o‘z kasbiga sadoqat bilan yondashib, namunali va faol xizmat qilib kelayotgan bir guruh o‘qituvchi hamda murabbiylar munosib taqdirlandilar. Shuningdek, yosh xizmatchilar tomonidan ustoz va murabbiylarga chuqur hurmat-ehtirom bildirilib, ularning boy tajribasi va ibratli faoliyati yosh avlod uchun doimo muhim hayotiy maktab bo‘lib qolishi alohida qayd etildi.









