Buxoro viloyatida yoshlar bilan ishlash faoliyati o‘rganildi
2026-09-29 09:30:00 / Yangiliklar
FVV ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlarni sog‘lomlashtirish, ularning ijtimoiy muammolarini aniqlash va hal etish, shuningdek, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklar joyida bartaraf etilib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ularning takrorlanishining oldini olish hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi. O‘rganish yakunida ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatida yoshlar bilan ishlash holati va o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi tashkil etildi.









