PAYSHANBA — HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI KUNI
2026-09-24 09:00:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida shaxsiy tarkib ishtirokida seminar tashkil etildi. Unda huquqbuzarliklarning oldini olish, xodimlarning huquqiy bilim va madaniyatini yuksaltirish, xizmat faoliyatida qonuniylik va intizomga qat’iy rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminar davomida amaldagi qonunchilikdagi o‘zgarish va yangiliklar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, ularning mazmun-mohiyati hamda amaliy ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, turli huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, qonun talablariga rioya etish va xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.






