Ishlab chiqarish obyektida yong‘in xavfsizligi ta’minlandi
2026-09-17 14:55:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Ishlab chiqarish obyektida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, texnologik jarayonlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘in xavflarini barvaqt aniqlash hamda ularning oldini olish choralarini kuchaytirish maqsadida “Ko‘kdumaloq-Gaz” MCHJ obyektining yong‘in xavfsizligi holati o‘rganildi.

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan obyekt hududidagi yong‘inga qarshi himoya tizimlari, mavjud yong‘in o‘chirish vositalari, texnologik hududlarning xavfsizlik holati hamda yong‘in sodir bo‘lganda xodimlarning harakatlanish tartibi ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berilib, obyektning yong‘in xavfsizligini yanada mustahkamlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda profilaktik choralarni kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.









