AHOLINI FV DA HARAKAT QILISHGA TAYYORLASH
2026-09-17 13:00:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi xodimlari tomonidan Buxoro shahridagi umumta’lim maktablarining Chaqiruvgacha yoshlarni tayyorlash fani rahbarlari «Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish» yo‘nalishi bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilarga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartibi, aholi xavfsizligini ta’minlash, fuqaro muhofazasi hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi.


