Paxta qabul qilish maskanlarida yong‘in xavfsizligi o‘rganildi
2026-09-17 11:00:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Sh.Ayubov tomonidan hududlardagi paxta qabul qilish maskanlarining yong‘in xavfsizligi holati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida paxta xomashyosini qabul qilish va saqlash hududlarida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, mavjud yong‘in o‘chirish vositalari, suv manbalari hamda yong‘inga qarshi jihozlarning shaylik holatiga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.






