TA’LIM MUASSASALARIDA XAVFSIZLIK TARG‘IBOTI
2026-09-15 13:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Shofirkon tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlar va pedagoglar ishtirokida profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida zilzila, yong‘in, is gazidan zaharlanish va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday holatlarda to‘g‘ri harakat qilish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olishda hushyorlik va ehtiyotkorlikning ahamiyati ta’kidlandi.







