O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.
2026-09-11 11:00:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro boʻlimi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi. Unda, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i oʻrinbosari hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyatini shaxsiy tarkibga yetkazish, unda ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning ahamiyatini tushuntirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar davomida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, falsafa, tarix va filologiya fanlari mutaxassislari tomonidan ma'ruza qilindi. Unda yurtimizning boy tarixiy merosi, milliy o‘zlik, inson qadri, yoshlar, shuningdek, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va “Milliy yuksalish o‘n yilligi”ning ustuvor yo‘nalishlari haqida so'z yuritildi.









