Talabalar uchun amaliy ko‘rgazma tashkil etildi
2026-09-10 11:00:00 / Yangiliklar
Buxoro davlat universiteti talabalari uchun yong‘inlarning oldini olish va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida yong‘in o‘chirish texnikalari, asbob-anjomlari hamda maxsus vositalarning amaliy ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalarga yong‘in-qutqaruv texnikalarining imkoniyatlari, maxsus asbob-uskunalarning vazifasi va ulardan foydalanish tartibi tushuntirildi. Shuningdek, favqulodda vaziyat yuzaga kelganda sarosimaga tushmaslik, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish va “112” yagona dispetcherlik xizmatiga murojaat qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.






