Buxoro shahri hududida joylashgan "Chinor Mall" savdo majmuasida yong‘in o‘chirish bo‘yicha maxsus-taktik mashq o‘tkazildi.
2026-09-10 18:00:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimiga kiruvchi korxona va tashkilotlar hamkorligida Buxoro shahri hududida joylashgan "Chinor Mall" savdo majmuasida yong‘in o‘chirish bo‘yicha maxsus-taktik mashq o‘tkazildi.

Mazkur mashq davomida shartli yong‘in kelib chiqish holatida tezkor xizmatlarning o‘zaro hamkorligi, kuch va vositalarni boshqarish, aholining xavfsiz evakuatsiyasini ta’minlash hamda yong‘inni qisqa vaqt ichida bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar sinovdan o‘tkazildi.









