“Psixologik sog‘lomlashtirish oyligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy va profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
2026-09-08 10:10:00 / Yangiliklar
Tadbirlar davomida shaxsiy tarkibning ma’naviy-ruhiy barqarorligini mustahkamlash, bilim va saviyasini oshirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, “Siyosiy-ma’rifat soati”, “Shukronalik soati”, kitobxonlik soatlari, yo‘l-transport hodisalari va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbatlar hamda “O‘zingga va kelajagingga ishon!”, “Hayot — bebaho ne’mat!” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi.
Shuningdek, kun yakunida shaxsiy tarkib uchun madaniy meros obyektlari va tarixiy obidalarga ma’naviy-ma’rifiy sayohatlar uyushtirildi.







