USTOZ SABOG‘I — KASB MAHORATINING POYDEVORI
2026-09-04 18:00:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar tizimida har bir soniya, har bir qo‘ng‘iroq va har bir to‘g‘ri qaror inson hayoti bilan bog‘liq.

Bugun tajribali FVB navbatchi-dispetcheri Sayyora Sultonova o‘zining ko‘p yillik ish tajribasi va kasb sir-asrorlarini yosh xodimlarga o‘rgatmoqda. U ularga nafaqat navbatchilik jarayonini, balki murojaatlarni to‘g‘ri qabul qilish, vaziyatni tezkor baholash, zarur ma’lumotlarni aniqlashtirish va eng muhimi — har qanday holatda ham xotirjamlikni saqlashni tushuntirmoqda.
Ustozning har bir tavsiyasi, har bir hayotiy misoli yosh xodim uchun katta tajriba maktabidir. Bugun o‘rgatilayotgan kasb sirlari ertaga kimningdir hayotini asrab qoladigan muhim qarorga aylanishi mumkin.



