“MUSTAQILLIK TO‘YI” — YUKSAK KAYFIYAT VA EZGU NIYATLAR BAYRAMI!
2026-09-05 13:15:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan tantanali tadbirlar doirasida Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda LUOK MCHJ OFVMda ham bayram tadbiri tashkil etildi.

“Mustaqillik to‘yi” festivali doirasida tizim xodimlari, faxriylar hamda jamoatchilik vakillari uchun bayram dasturxoni yozilib, yurtimiz mustaqilligining qutlug‘ sanasi ko‘tarinki ruhda nishonlandi.
Tadbir davomida mustaqillik yillarida erishilgan ulkan yutuqlar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, tinchlik va osoyishtalikning qadr-qimmati haqida so‘z yuritildi.
Samimiy suhbatlar, ezgu tilaklar va ko‘tarinki kayfiyatga boy kechgan bayram dasturxoni jamoa a’zolari, faxriylar va mehmonlarga o‘zgacha taassurot ulashdi.









