"VATANPARVARLIK HISSI OILADA TUGʻILSA, MAKTAB OSTONASIDA ULGʻAYADI"
2026-09-02 10:30:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Sh.Ayubov "Birinchi qoʻngʻiroq" tantanali tadbirlarida boʻlib, oʻquvchi yoshlarga vatanparvarlik, yurtiga va xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishning sharafli vazifa ekanligi, Yangi Oʻzbekistonning har bir yosh avlodi qalbida ona Vatanga muhabbat tuygʻusi bilan bilim olmogʻi va olayotgan bilimini Vatan ravnaqi yoʻlida sarflamogʻi lozimligini ta'kidladi.

Yoshlar harbiylar kiyim boshi, salobati va viqoriga, ularga Prezidentimiz va xalqimiz bildirgan ishonchga havas bilan qarab, albatta kelajakda Vataniga, Prezidenti va xalqiga sadoqat bilan xizmat qiladigan avlod boʻlishga va'da berdilar.









