"Giyohvandlik — jamiyat xavfsizligiga tahdid"
2026-09-03 15:00:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi oʻrtasida “Narkotik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish hamda giyohvandlikning ijtimoiy jihatdan salbiy oqibatlari” mavzusida targ‘ibot-tushuntirish tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirga Buxoro viloyati IIB mas'ul xodimlari taklif etildi.

Tadbir davomida giyohvandlikning inson salomatligi, oilaviy muhit va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, narkotik va psixotrop moddalarning noqonuniy tarqalishining huquqiy oqibatlari haqida batafsil tushunchalar berildi.





