XAVFSIZLIK — BOSH MAQSAD!
2026-08-29 14:55:00 / Yangiliklar
“Buxoro NQIZ” MChJ muhandis-rahbar xodimlari uchun Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi bo‘yicha 30 soatlik malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar davomida favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish, xodimlar xavfsizligini ta’minlash va birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.
🎓 Kurs yakunida ishtirokchilarga tegishli malaka oshirish guvohnomalari topshirildi.
Xavfsizlikka e’tibor — barqaror faoliyat garovidir!




