♟️ AQL, ZAKOVAT VA MAHORAT BELLASHUVI
2026-08-26 11:30:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xotin-qizlari o‘rtasida intellektual salohiyatni oshirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida shaxmat va shashka bo‘yicha havaskorlar musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining zukkoligi, mantiqiy fikrlashi va strategik yondashuvlarini namoyon etib, qiziqarli va murosasiz bahslarda kuch sinashdilar.
Bunday tadbirlar jamoada do‘stona muhitni mustahkamlash, xotin-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.




