XIZMAT TAYYORGARLIGI VA JANGOVAR SHAYLIK — DOIMIY E’TIBORDA
2026-08-24 09:00:00 / Yangiliklar

Yig‘ilish davomida xodimlarning xizmat tayyorgarligi va jangovar shayligini yanada mustahkamlash, ijro intizomiga qat’iy rioya etish, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, viloyat hududida sodir bo‘lgan yong‘inlar holati tahlil qilinib, ularning kelib chiqish sabablari va kelgusida bunday hodisalarning oldini olish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Yakunida shaxsiy tarkibga xizmat vazifalarini yuqori mas’uliyat bilan bajarish, favqulodda vaziyatlarga doimo shay turish hamda aholining xavfsizligini ta’minlashda tashabbuskorlik va fidoyilik ko‘rsatish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Kelgusidagi faoliyatni yanada samarali tashkil etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va xizmat sifatini oshirish ustuvor vazifa etib belgilandi.









